Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Habib va Konor darajasidagi jang tashkil etiladimi? Maxachev javob berdi UFC

Habib va Konor darajasidagi jang tashkil etiladimi? Maxachev javob berdi UFC

Baho:
+ | -

UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Islom Maxachev promoushen faoliyati haqida gapirib, tashkilot mutaxassislari professional ekanini ta’kidladi.

"UFC matchmeykerlari ba’zan mantiqqa suyanmaydi. Nega shunday, nima uchun kimdir diviziondan chiqariladi, boshqasiga esa kamar uchun kurashish imkoniyati berilmaydi? Lekin biz shunchaki rozi bo‘lishimiz kerak. UFC ko‘p yillardan beri yuqori darajada ishlayapti, qiziqarli janglar o‘tkazadi, katta mukofotlar to‘laydi va doim arenalarni to‘ldiradi”, dedi Maxachev “Chempionat.com” nashriga bergan intervyusida.

Uning fikricha, UFC boshqalar tomonidan bildiriladigan fikrlarni inobatga olmasligi tashkilotning asosiy muvaffaqiyatlaridan biridir:

“Balki biz nimanidir tushunmasmiz, lekin men ishonamanki, ular bizdan ko‘ra ko‘proq bilishadi va shuning uchun uzoq vaqt davomida muvaffaqiyatli ishlayapti. UFCga qanday harakat qilishni o‘rgatish befoyda. Agar ular bizga quloq solishsa, ehthtimol ular ham boshqa tashkilotlar kabi boshlang‘ich darajada harakat qilayotgan bo‘lardi”.

Shuningdek, Maxachev irlandiyalik Ian Garri bilan ehtimoliy jang haqida to‘xtaldi:

“Agar MMA'da Irlandiya va Rossiya o‘rtasidagi raqobat boshlangan bo‘lsa, davom ettirishimiz mumkin. Ammo Habib Nurmagomedov bilan Konor Makgregor kabi jang endi bo‘lmaydi. Uning darajasi butunlay boshqa. O‘sha paytda MMA darajasi eng yuqori cho‘qqida edi. Balki shunday janglar kelajakda bo‘lar, ammo Garri bilan emas”.

Ma’lumot uchun, Maxachev UFC'da 16 ta g‘alabali seriyaga ega. MMA'dagi faoliyati davomida Islom Maxachev 28 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Uning so‘nggi jangi UFC 322 turnirida avstraliyalik Jack Della Maddalenaga qarshi UFC yarim o‘rta vazn chempionlik unvoni uchun o‘tkazildi va unda Maxachev hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, ikki vazn toifasida chempionga aylandi.

Kiritildi: 14:45, 19.02.2026.
O'qildi: 824 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик