Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Taliska «Nottingem» bilan o‘yin oldidan nimalar dedi?

Taliska «Nottingem» bilan o‘yin oldidan nimalar dedi?

Baho:
+ | -

«Fenerbaxche» hujumchisi Anderson Taliska Yevropa Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Nottingem Forest»ga qarshi birinchi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Ingliz klublariga qarshi o‘ynash doim qiyin. «Aston Villa» bilan bo‘lgan o‘yinda ham buni ko‘rgandik. Bo‘lajak bahs biz uchun o‘ziga xos ahamiyatga ega. Biz keyingi bosqichga chiqishni va musobaqaning hal qiluvchi pallalarigacha yetib borishni istaymiz», — deya braziliyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi UYEFA rasmiy sayti.

Shuningdek, Taliska klubni muvaffaqiyatli transferlar va 2025 yil sentyabr oyida bosh murabbiy etib tayinlangan Domeniko Tedeskoni taklif qilgani uchun maqtadi.

«Yangi kelgan futbolchilar klubimizni yanada kuchli qilish uchun kelishdi. Bundan tashqari, bizda o‘z ishini a’lo darajada bajarayotgan ajoyib yosh murabbiy bor».

Joriy mavsumda 32 yoshli Taliska 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 22:32, 19.02.2026.
O'qildi: 604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.