Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Mak Allister «Manchester Yunayted»ga o‘tadimi? Futbolchining otasi vaziyatga oydinlik kiritdi

Mak Allister «Manchester Yunayted»ga o‘tadimi? Futbolchining otasi vaziyatga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -1

«Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Mak Allisterning otasi Karlos Mak Allister o‘g‘lining «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq Mirror portali ushbu transfer ehtimoli haqida yozgan edi.

«Hozirda Aleksis faqat «Liverpul» haqida o‘ylamoqda. Biz shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif kutyapmiz. Klubning rejalari qanday ekanligini ko‘ramiz.

Agar «Liverpul»ning taklifi yetarli bo‘lmasa, u boshqa chempionatga o‘tishi mumkinmi? Shartnomani uzaytirish jarayoni qanday kechishini kutamiz. Hozircha bor gap shu», — deya Karlos Makallisterning so‘zlarini keltiradi Win Win nashriga tayanib TEAMtalk.

Joriy mavsumda Mak Allister barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 85 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 22:42, 19.02.2026.
O'qildi: 1359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик