Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Siyovash Haqnazariy — OKMK futbolchisi

Siyovash Haqnazariy — OKMK futbolchisi

Baho:
+ | -

OKMK professional futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish va hujum chizig‘idagi taktik imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida o‘zining sobiq legioneri Siyovash Haqnazariyni ortga qaytardi.

Ta’kidlash joizki, 2022–2023 yilgi mavsumlar davomida eronlik hujumkor yarim himoyachi «konchilar» safida yorqin o‘yin namoyish etib, muxlislar mehrini qozonishga ulgurgan edi. Haqnazariyning so‘nggi jamoasi Tojikistonning «Istiqlol» klubi bo‘lib, u Dushanbe jamoasi safida 13 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi hamda 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bosh murabbiy Mirjalol Qosimovning o‘yin falsafasini va jamoaviy mexanizmlarni mukammal biladigan ushbu ijrochi, maydon markazidagi hujumkor dinamikani oshirish bilan birga, hujumlarni tashkil etishda taktik xilma-xillikni ta’minlaydi. Siyovashning kreativ fikrlashi hamda xalqaro maydonlardagi tajribasi yangi mavsum oldidan jamoaning strategik rejalari uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi mahoratli legionerning tarkibga qaytishini jamoaning umumiy funksional samaradorligini oshirish hamda yuqori o‘rinlar uchun kurashda raqobatbardoshlikni ta’minlovchi muhim qadam sifatida baholamoqda.

Manba: @fcokmk
Kiritildi: 23:29, 19.02.2026.
O'qildi: 1033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.