Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Barselona» va «Everton» sobiq futbolchisi Amerika klubiga o‘tdi

«Barselona» va «Everton» sobiq futbolchisi Amerika klubiga o‘tdi

Baho:
+ | -

32 yoshli portugaliyalik yarim himoyachi Andre Gomesh faoliyatini okean ortida davom ettiradi. Tajribali futbolchi erkin agent sifatida «Kolambus Kryu» safiga qo‘shildi, bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gomeshning Amerika jamoasi bilan imzolagan shartnomasi kelasi yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Kelishuvda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish bandi ham ko‘zda tutilgan.

Andrening oxirgi ish joyi Fransiyaning «Lill» klubi edi. Yarim himoyachi jamoani fevral oyida tark etgan. Liga 1’ning joriy mavsumida Gomesh atigi ikkita uchrashuvda maydonga tushgan.

Yevropada portugaliyalik xavbek «Benfika», «Valensiya», «Barselona» va «Everton»dagi ishtiroklari bilan tanilgan. Portugaliya terma jamoasi safida esa u 29 ta o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 13:12, 20.02.2026.
O'qildi: 1222 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик