Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

«Barsa» yosh futbolchilarining tovon pulini oshiradi

«Barsa» yosh futbolchilarining tovon pulini oshiradi

Baho:
+ | -

«Barselona» o‘z tarbiyalanuvchilarining shartnomasidagi tovon puli miqdorini ularning ma’lum bosqichlarga erishishiga qarab bosqichma-bosqich oshirib borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Diario Sport» nashri xabar bermoqda.

Masalan, UYEFA Yoshlar ligasidagi debyut tovon puli miqdorini bazaviy 6 milliondan 8 million yevrogacha ko‘taradi. «Barsa Atletik» (o‘rinbosarlar jamoasi)ga kamida bir marta chaqirilgan futbolchilarning tovon puli esa 10 million yevrogacha oshiriladi.

«Barsa»ning ikkinchi jamoasi futbolchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan 2008 yilda tug‘ilgan o‘yinchilar uchun esa 15 million yevrodan yuqori tovon puli belgilanadi.

Bunday o‘zgarishlarga shu qishda Dro Fernandesning «PSJ»ga o‘tib ketgani sabab bo‘ldi. Parij klubi yarim himoyachining shartnomasidagi 6 million yevrolik tovon pulini faollashtirgan edi, yakuniy transfer summasi esa «Barsa»ga to‘lanadigan kompensasiya bilan birga 8 million yevrodan sal ko‘proqni tashkil qildi.

Qayd etilishicha, agar Dro yangi shartlar asosida shartnoma imzolagan bo‘lganida va «Barselona»ning asosiy jamoasidagi 5 ta o‘yinini hisobga olganda, uning tovon puli 25 million yevroni tashkil etgan bo‘lardi.

Kiritildi: 13:43, 20.02.2026.
O'qildi: 932 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик