Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-0 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 1-1 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Kompani Mourinyoni tanqid qildi

Kompani Mourinyoni tanqid qildi

Baho:
+ | -

Lissabondagi Chempionlar ligasi o‘yini janjal keltirib chiqardi. Vinisius Junior Janluka Prestianini irqchilikda aybladi. "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘yindan keyin klub ramzi qora tanli futbolchi - Eysebio ekani haqida gapirdi. Shuningdek, portugaliyalik golni juda provokasion tarzda nishonlagani uchun Vinisiusni aybladi. "Bavariya" ustozi Vensan Kompanining fikricha, Mour nohaq bo‘lgan.

"Mourinyo aslida Vinisiusning fe’l-atvoriga hujum qildi, o‘sha lahzada qilgan ishini obro‘sizlantirish uchun uning bayram qilish uslubi haqida gapirdi. Bu juda katta xato edi. Qolaversa, Mourinyo Eysebioni ham tilga oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Benfika" Eysebio tufayli irqchi bo‘lishi mumkin emas. 60 yillarda qora tanli futbolchilar nimalarni boshdan kechirganini bilasizmi? U Eysebio bilan safar o‘yinlariga borgan va uning nimalarni boshdan kechirayotganini ko‘rganmi? Bugun Vinisiusga tanbeh berish uchun uning ismini ishlatish noto‘g‘ri.

Men Mourinyo bilan ishlagan va u haqida hech qanday yomon gap eshitmagan yuzlab odamlar bilan uchrashdim. Uni barcha futbolchilar yaxshi ko‘rishadi. U o‘z klubi uchun kurashayotganini tushunaman, u yaxshi inson. Ammo u xatoga yo‘l qo‘ydi", - dedi Kompani jurnalistlarga.

"Bavariya" shanba kuni "Ayntraxt"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 16:08, 20.02.2026.
O'qildi: 1005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик