Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Portugaliya terma jamoasi a’zosiga «Barselona», «Atletiko», «Monako» va «Yuventus» qiziqish bildirmoqda

Portugaliya terma jamoasi a’zosiga «Barselona», «Atletiko», «Monako» va «Yuventus» qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Ispaniyaning «Barselona» klubi «Manchester Siti» jamoasining 31 yoshli portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi yozda nihoyasiga yetsa-da, «shaharliklar» rahbariyati u bilan kelishuvni uzaytirish niyatida emas.

TEAMtalk nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Bernardu Silva uchun kurashda «Barselona»dan tashqari Madridning «Atletiko», shuningdek, «Monako» va «Yuventus» klublari ham ishtirok etmoqda. Qayd etilishicha, «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tish imkoniyati Silvani yuqori sovrinlar uchun kurashish istiqboli bilan ko‘proq o‘ziga jalb qilishi mumkin.

Bernardu Silva 2017 yildan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi klub miqyosida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 01:55, 21.02.2026.
O'qildi: 2284 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик