Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Lebyof «Marsel»da bosh murabbiylar almashinuviga baho berdi

Lebyof «Marsel»da bosh murabbiylar almashinuviga baho berdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi va «Marsel» klubining sobiq himoyachisi Frank Lebyof sobiq jamoasidagi murabbiylar almashinuvi yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etdi. Italiyalik mutaxassis Roberto De Dzerbi o‘rnini senegallik mutaxassis Xabib Beye egalladi.

«Men uchun Xabibning tayinlanishi — ijobiy yechim. Sababi, u klubni va uning ichki tizimi qanday ishlashini yaxshi biladi. U muvaffaqiyatga erisha oladimi? Har holda, unda natija qayd etish uchun barcha zarur vositalar va imkoniyatlar mavjud. Uning jamoaga kelgani quvonarli hol. «Marsel»ning sobiq futbolchisini bosh murabbiy sifatida ko‘rish ajoyib voqea», — deya Lebyofning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda GFFN.

Ma’lumot o‘rnida, Xabib Beye 2003 yildan 2007 yilgacha «Marsel» tarkibida to‘p surgan. Shuningdek, u faoliyati davomida «PSJ»ning o‘rinbosarlar jamoasi, «Strasburg» (ushbu klub bilan Fransiya Kubogi sohibi bo‘lgan), «Aston Villa», «Donkaster» va «Nyukasl» klublarida ishtirok etgan. «Nyukasl» safida bir marotaba mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Murabbiylik faoliyati davomida esa «Red Star» va «Nissa» kabi klublarda ish tajribasiga ega.

Kiritildi: 02:25, 21.02.2026.
O'qildi: 626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик