Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Laporta Gavining jarohatdan tiklanish jarayoni haqida ma’lumot berdi

Laporta Gavining jarohatdan tiklanish jarayoni haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Gavining jarohati va tiklanish jarayoni xususida fikr bildirdi. 21 yoshli futbolchi o‘tgan yilning avgust oyida safdan chiqqan bo‘lib, joriy mavsumda faqat ikkita uchrashuvda ishtirok etishga ulgurgan edi. Yarim himoyachining tizzasidagi muammolar jarrohlik amaliyotini talab etdi va uning maydonga qaytishi shu yilning mart oyiga rejalashtirilgan.

«Gavi jarohatdan so‘ng qattiq iztirob chekdi. U hatto ko‘zyosh to‘kdi. U o‘ynash uchun har qanday narsaga tayyor edi va agar talab etilsa, maydonga hatto qo‘ltiqtayoqda ham chiqishga rozi edi.

Biz Gavining tiklanish jarayonidagi ijobiy natijalardan mamnunmiz. Jiddiy jarohatlar butun jamoa muhitiga ta’sir ko‘rsatadi, biroq tibbiy xodimlar, murabbiylar va Gavining oilasi uning maksimal darajada samarali sog‘ayishini ta’minlash uchun bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishdi», — deya Barca Universal nashri Laportaning so‘zlarini keltirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, «Barselona» o‘zining navbatdagi uchrashuvini yakshanba kuni «Levante» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 05:32, 21.02.2026.
O'qildi: 863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик