Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

«Barselona» prezidentligiga nomzod Keynni klubga olib kelmoqchi

«Barselona» prezidentligiga nomzod Keynni klubga olib kelmoqchi

Baho:
+ | -1

Kataloniyaning «Barselona» klubi tarixan ingliz futbolchilari bilan unchalik yaqin hamkorlik qilmagan bo‘lsa-da, hozirda vaziyat o‘zgarmoqda — jamoa safida allaqachon Markus Reshford to‘p tepmoqda, kelajakda esa uning sherigi Xarri Keyn bo‘lishi mumkin. Klub prezidentligiga nomzod Xavyer Vilyaoananing ta’kidlashicha, u saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda ingliz hujumchisini jamoaga taklif etish niyatida.

«Biz uning atrofidagi insonlar bilan aloqada bo‘lib turibmiz. Professional tarzda ishlash kerak. Keyn — jarima maydonchasi ichidagi haqiqiy «qotil» (killer). «Barselona»ga aynan shunday futbolchi kerak», — deya Vilyaoananing so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.

Qayd etish joizki, 2022 yilda Robert Levandovski ham aynan «Bavariya»dan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan edi.

Kiritildi: 05:41, 21.02.2026.
O'qildi: 1819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик