Dezire Due jarohati sababli Liga 1 doirasidagi «Mets»ga qarshi o‘yinni oxirigacha yetkaza olmadi.
RMC Sport xabariga ko‘ra, uchrashuvning 3-daqiqasidayoq hisobni ochgan «PSJ» vingeri son yaqinlashtiruvchi mushagidan jarohat olgan. 20 yoshli futbolchi tanaffusdan so‘ng darhol almashtirildi.
Joriy mavsumda Due Liga 1 doirasida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.













