"Tottenxem"ning braziliyalik hujumchisi Risharlison o‘tgan transfer oynasida "Flamengo" qiziqishlariga sabab bo‘lgan edi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliya jamoasi 28 yoshli futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq narxning juda balandligi sababli kelishuv amalga oshmagan. Bundan tashqari, Risharlisonning o‘zi ham hozircha vataniga qaytishga tayyor emas.
Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarni hisobga olganda 31 ta o‘yinda maydonga tushdi, sakkiz bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.
Risharlisonning "Tottenxem" bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.













