Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Janni Infantino jazolanmaydigan bo‘ldi: XOQ uning Tramp bilan uchrashuvini qoidabuzarlik deb topmadi

Janni Infantino jazolanmaydigan bo‘ldi: XOQ uning Tramp bilan uchrashuvini qoidabuzarlik deb topmadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA prezidenti va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zosi Janni Infantino AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan tashkil etilgan «Tinchlik kengashi» yig‘ilishida ishtirok etgani uchun intizomiy javobgarlikka tortilmaydi, deb xabar bermoqda "The Athletic".

Payshanba kuni Tramp Vashingtonda G‘azo sektori masalalariga bag‘ishlangan kengashning ilk yig‘ilishini o‘tkazdi va unga 40 dan ortiq davlat vakillari taklif etildi. Infantino ham ushbu uchrashuvda hozir bo‘ldi. Bir kun o‘tib, XOQ brifingida qo‘mita rahbari Kirsti Koventri uning ishtirokidan bexabar ekanligini aytdi va mulozimning harakatlari Olimpiya xartiyasiga mos kelishini tekshirishni va’da qildi.

Biroq, FIFA bilan bog‘langandan so‘ng, XOQ Infantinoning harakatlarida qoidabuzarlik yo‘q, degan xulosaga keldi.

«XOQ FIFA bilan aloqaga chiqdi. Biz FIFA futbol orqali G‘azoda sportni qayta tiklash bo‘yicha kompleks investisiya dasturini qo‘llab-quvvatlayotganini, sport infratuzilmasi, ta’lim dasturlari va rivojlanish bo‘yicha yuqori darajadagi takliflarni taqdim etayotganini tushunamiz. Bu xalqaro sport federasiyasining roliga to‘liq mos keladi», — deya XOQ vakilining so‘zlarini keltiradi "The Athletic".

Kiritildi: 20:10, 22.02.2026.
O'qildi: 1704 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик