Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Karrager Arteta va Dyokeresh haqidagi fikrini o‘zgartirdi

Karrager Arteta va Dyokeresh haqidagi fikrini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

Angliyalik sobiq futbolchi Jeymi Karrager «Tottenxem»ga qarshi derbida (4:1) Mikel Artetaning Viktor Dyokereshni asosiy tarkibda maydonga tushirish qaroriga munosabat bildirdi.

Hujumchi dubl qayd etib, bahs qahramonlaridan biriga aylandi. Bundan avval «Liverpul»ning sobiq himoyachisi shvesiyalik futbolchi «kanonirlar» asosiy tarkibida o‘ynashga loyiq emasligini bir necha bor ta’kidlagan edi.

«Artetaning mehnatini e’tirof etish kerak. Menga ular Dyokereshdan [asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida] voz kechishlari kerakdek tuyulgandi, ammo murabbiy uni o‘yindan o‘yinga asosiy tarkibda tushirishda davom etdi. Buning uchun Arteta tahsinga loyiq. U futbolchiga ishonishda davom etdi va yakunda futbolchi bu ishonchni oqladi», — dedi Karrager Sky Sports efirida yakshanba kungi uchrashuv yakunlarini sarhisob qila turib.

Viktor Dyokeresh joriy mavsumda «Arsenal» safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 05:36, 23.02.2026.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик