Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Kunde: "Pedri hamma narsani o‘zgartiradi"

Kunde: "Pedri hamma narsani o‘zgartiradi"

Baho:
+ | -

«Barselona» o‘ng qanot himoyachisi Jyul Kunde yarim himoyachi Pedrining jamoa uchun qanchalik muhimligi haqida gapirdi.

23 yoshli ispaniyalik futbolchi jarohatidan qutulib, safga qaytdi. Yarim himoyachi La Liganing yakshanba kuni «Levante»ga qarshi kechgan bahsida (3:0) 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

«Pedri hamma narsani o‘zgartiradi. Albatta, biz uni sog‘ingandik. O‘yinimizning ko‘plab fazalari aynan u orqali quriladi. Uning yo‘qligi doim seziladi — hatto himoyada ham», — deya Kundening so‘zlarini keltirmoqda «Gazeta.Ru» ispan OAVlariga tayanib.

Pedri «ko‘k-anorranglilar»ning oxirgi yettita o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi — ulardan ikkitasi mag‘lubiyat bilan yakunlangan.

Hans-Diter Flik shogirdlari Madridning «Real» klubini bir ochkoga ortda qoldirgan holda, La Liga turnir jadvalida yana peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 05:50, 23.02.2026.
O'qildi: 945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик