Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Lamin Yamal «Barselona» tarixida 100 ta g‘alabaga erishgan eng yosh futbolchi bo‘ldi

Lamin Yamal «Barselona» tarixida 100 ta g‘alabaga erishgan eng yosh futbolchi bo‘ldi

Baho:
+ | -

La Liganing navbatdagi turida Kataloniyaning «Barselona» klubi 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Jamoa yetakchisi Lamin Yamal uchun ushbu muvaffaqiyat «Barselona» safidagi 100-g‘alaba bo‘ldi. Bu natijaga erishish uchun unga barcha musobaqalarda jami 139 ta o‘yin kifoya qildi.

Yamal Boyan Krkichning rekordini yangilab, «Barsa» tarixida yuzta g‘alabaga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi. Krkich o‘z vaqtida bu natijani 20 yoshu 128 kunligida qayd etgan bo‘lsa, Yamal hozirda 18 yoshu 224 kunlikdir.

Eslatib o‘tamiz, u kataloniyaliklar safida 2023 yilning aprel oyida — bundan uch yil avval debyut qilgan edi.

Ushbu g‘alaba tufayli «Barsa» La Ligada birinchi o‘rinni o‘ziga qaytarib oldi.

Kiritildi: 05:58, 23.02.2026.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик