«Barselona» ustozi Hans-Diter Flik La Liganing yakshanba kuni «Levante»ga qarshi kechgan bahsida (3:0) himoyachi Joau Kanseluning ko‘rsatgan o‘yinini e’tirof etdi.
Portugaliyalik futbolchi «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va final hushtagiga qadar o‘ynadi. Uchrashuvning 32-daqiqasida 31 yoshli futbolchi Frenki de Yongga golli uzatma yetkazib berdi va bu kataloniyaliklarning bahsdagi ikkinchi goliga aylandi.
«Kanselu ajoyib o‘yin o‘tkazdi. U fantastik futbolchi va kelgusida bizga juda ko‘p yordam beradi», — dedi murabbiy Flik o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Joau Kanseluni qishki transfer oynasida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubidan ijaraga olgan edi.













