Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 0-0 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 0-0 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 1-0 As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Spalletti 1 mart kuni ishdan bo‘shatilishi mumkin

Spalletti 1 mart kuni ishdan bo‘shatilishi mumkin

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti yakshanba kuni, 1 mart sanasida iste’foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda «La Gazzetta» nashri xabar bermoqda.

Bunga klubning muvaffaqiyatsiz ishtiroki sabab bo‘lmoqda — «keksa sinyora» oxirgi beshta o‘yinda biror marta ham g‘alaba qozona olmadi. «Yuventus» Chempionlar ligasida «Galatasaroy»ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi, A Seriyada esa «Komo» (0:2) va «Inter»dan (2:3) mag‘lubiyatga uchrab, «Lasio» (2:2) bilan durang o‘ynadi. Ushbu omadsiz seriya Italiya Kubogi doirasida «Atalanta»dan uchralgan mag‘lubiyat (0:3) bilan boshlangan edi.

Insayderlarning ta’kidlashicha, Spallettiga vaziyatni o‘nglash uchun ikkita o‘yin berilgan. Bular — chorshanba kuni Chempionlar ligasida «Galatasaroy»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvi va A Seriyaning keyingi turida yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Roma» bilan bahs. Agar «Yuventus» ushbu o‘yinlarda ham muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Spalletti iste’foga chiqariladi.

Kiritildi: 21:22, 23.02.2026.
O'qildi: 797 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик