Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese 1-2 Bolonya
05/04 19:15 Valensiya 2-3 Selta
05/04 21:00 Piza 0-1 Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo 1-0 Sevilya
05/04 23:45 Inter 5-2 Roma
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

«Monako» yetakchisi «PSJ» bilan o‘yinga tayyor

«Monako» yetakchisi «PSJ» bilan o‘yinga tayyor

Baho:
+ | -

«Monako» hujumchisi Magnes Akliush katta ehtimol bilan 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Pari Sen-Jermen»ga qarshi javob uchrashuvida maydonga tusha oladi. Bu haqda «L’Équipe» nashri xabar bermoqda.

Avvalroq futbolchi sonidan jarohat olgan edi. Jarohat jiddiy bo‘lmasa-da, u Liga 1 doirasidagi «Lans»ga qarshi o‘yinni (3:2) o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Yakshanba kuni esa hujumchi odatiy tartibda mashg‘ulot o‘tkazdi, bu uning parijliklarga qarshi bo‘lajak bahsda ishtirok etishi mumkinligidan dalolat beradi. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 3:2 hisobida «PSJ» foydasiga hal bo‘lgan edi.

Joriy klub mavsumida Akliush 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 22:32, 23.02.2026.
O'qildi: 860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик