Kirish Ro'yxatdan o'tish

«MYU» - APLda 2026 yilda hali yutqazmagan yagona klub

«MYU» - APLda 2026 yilda hali yutqazmagan yagona klub

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi 27-turining yakuniy o‘yinida «Manchester Yunayted» «Everton» ustidan g‘alaba qozondi — buning uchun uchrashuvning ikkinchi bo‘limi o‘rtalarida kiritilgan yagona gol kifoya qildi. Ushbu gol sloveniyalik hujumchi Benyamin Sheshko hisobiga yozildi.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasida 2026 yil hisobidan hali mag‘lubiyatga uchramagan yagona klub bo‘lib qolmoqda. Jamoaning mag‘lubiyatsiz seriyasi o‘nta o‘yinga yetdi — bu «Manchester Yunayted» uchun 2021 yilning birinchi yarmidan beri qayd etilgan eng yaxshi natijadir. O‘shanda klub yanvardan maygacha qatorasiga 14 ta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelgan edi.

Kiritildi: 05:58, 24.02.2026.
O'qildi: 1246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик