Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Meksikadagi tartibsizliklar ortidan JCH—2026 saralash o‘yinlari boshqa mamlakatga ko‘chirilishi mumkin

Meksikadagi tartibsizliklar ortidan JCH—2026 saralash o‘yinlari boshqa mamlakatga ko‘chirilishi mumkin

Baho:
+ | -

Meksikada narkokartel rahbarining o‘limidan so‘ng boshlangan qonli tartibsizliklar FIFAning jiddiy xavotiriga sabab bo‘ldi. Mamlakatdagi beqaror vaziyat tufayli nafaqat ichki chempionat o‘yinlari qoldirilmoqda, balki xalqaro turnirlar ham xavf ostida qolgan.

The Touchline nashrining xabar berishicha, FIFA mart oyi oxirida Meksikada o‘tishi rejalashtirilgan qit’alararo pley-off turniri mezbonligini o‘zgartirishni ko‘rib chiqmoqda. Mazkur mini-turnirda JCH—2026 ning so‘nggi ikki yo‘llanmasi uchun Iroq, Kongo DR, Yamayka, Surinam, Boliviya va Yangi Kaledoniya terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishi kerak. Meksikaning sakkizta shtatida yo‘llarni to‘sish va harbiylarga hujum qilish holatlari davom etayotgani sababli, FIFA bu jamoalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘yinlarni boshqa davlatga ko‘chirishga majbur bo‘lishi mumkin.

Hozircha tartibsizliklar tufayli Meksika ichki chempionatining to‘rtta o‘yini, jumladan, “Keretaro” — “Xuares” hamda “Gvadalaxara” — “Amerika” jamoalari o‘rtasidagi bahslar to‘xtatilgan. Ayni paytda mamlakatning sakkizta shtatida yo‘llarni to‘sish, avtomobillarga o‘t qo‘yish va harbiylarga hujum qilish holatlari kuzatilmoqda.

Mazkur voqealar O‘zbekiston terma jamoasining rejalariga ham ta’sir qilishi mumkin. Kannavaro jamoasi o‘z tarixidagi ilk Jahon chempionati uchrashuvini 2026-yilning 17 iyun kuni aynan Meksika poytaxtidagi “Asteka” stadionida o‘tkazishi belgilangan. Hozircha turnir mezbonligi (AQSH, Kanada va Meksika) masalasida o‘zgarishlar yo‘q, biroq xalqaro tashkilotlar vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:51, 24.02.2026.
O'qildi: 562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик