«Barselona» sardori Rafinya Ispaniya Kubogi yarim finali doirasidagi «Atletiko Madrid»ga qarshi javob o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Birinchi uchrashuvdagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatga qaramay, braziliyalik vinger jamoasining keyingi bosqichga chiqishiga ishonmoqda.
«Biz ajoyib o‘yin ko‘rsata olishimizga ishonamiz. Agar qaysidir jamoa bunday vaziyatdan chiqib keta olsa, bu bizmiz», — dedi Rafinya klubning YouTube kanalidagi muloqot chog‘ida.
U «Kamp Nou»dagi bahs juda qiyin bo‘lishini tan olsa-da, jamoa ushbu «kambek» uchun ruhan tayyor ekanini ta’kidladi.













