Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

«Yuventus» yulduzining maoshini ikki baravarga pasaytirmoqchi

«Yuventus» yulduzining maoshini ikki baravarga pasaytirmoqchi

Baho:
+ | -

«Yuventus» o‘z tarkibida hujumchi Dushan Vlaxovichni saqlab qolmoqchi.

«Tuttosport» nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Turin klubi hujumchi bilan shartnomani uzaytirishni ustuvor vazifa deb hisoblaydi. Serbiyalik futbolchi mavsum uchun hozirgi 12 million yevro miqdoridagi maoshi (plyus bonuslar) saqlanib qolishini so‘ramoqda. «Yuventus» esa o‘yinchiga yiliga 6 million yevrodan ortiq to‘lashni istamayapti.

Vlaxovichning o‘zi ham «Yuventus»da qolishni afzal ko‘rmoqda. Hozircha u boshqa jamoalar bilan muzokaralar olib bormayapti. Har ikki tomon kelishuvga erishishga intilmoqda.

Dushan Vlaxovich 2022 yilda «Fiorentina»dan «Yuventus» safiga 85 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi 17 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:53, 26.02.2026.
O'qildi: 638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик