Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 5-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

40 yoshli Milner Ginnes kitobiga kirdi

40 yoshli Milner Ginnes kitobiga kirdi

Baho:
+ | -

«Brayton» yarim himoyachisi Jeyms Milner Ginnesning rekordlar kitobi rekordlarini zabt etganidan so‘ng uchta alohida mukofotga loyiq ko‘rildi.

21 fevral kuni 40 yoshli angliyalik futbolchi APLning 27-turi doirasida «Brentford»ga qarshi o‘yinda «Brayton»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi. Bu uning chempionatdagi faoliyati davomidagi 654-uchrashuvi bo‘ldi. Shu tariqa, Milner Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Garet Berriga tegishli bo‘lgan Premyer-ligadagi o‘yinlar soni bo‘yicha rekordni yangiladi.

Shuningdek, Jeyms APLdagi birinchi va oxirgi gollari orasidagi eng uzoq vaqt (22 yil va 248 kun) hamda chempionatda ketma-ket o‘tkazilgan mavsumlar soni (24 ta) bo‘yicha ham rekordlarga ega.

«Yoshligimda har yili Rojdestvo bayramiga Ginnesning rekordlar kitobini sovg‘a sifatida olardim. Endi esa u yerdan joy olish hayratlanarli», — dedi Milner.

Angliya terma jamoasining sobiq a’zosi APLdagi debyutini 2002/03 yilgi mavsumda o‘tkazgan — u «Lids» safida «Vest Xem»ga qarshi o‘yinda (4:3) zaxiradan maydonga tushgan edi.

Kiritildi: 16:59, 26.02.2026.
O'qildi: 1477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.