Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Manolas "Yuventus" ustidan kuldi

Manolas "Yuventus" ustidan kuldi

Baho:
+ | -

"Roma"ning sobiq himoyachisi Kostas Manolas "Yuventus" jamoasi "Galatasaroy"ga mag‘lub bo‘lib, Chempionlar ligasini tark etganidan so‘ng turinliklarni masxara qildi.

Birinchi saralash o‘yinida 2:5 hisobida imkoniyatni boy bergan turinliklar javob uchrashuvida 3:2 hisobida g‘alaba qozonishganiga qaramay, musobaqaning 1/8 finaliga yo‘l ola bilishmadi.

Oradan bir necha soat o‘tgach, Manolas "Roma"ning 2018 yilda "Barselona"ga qarshi o‘tkazgan o‘yini suratlari aks etgan postni repost qildi va shunday deb yozdi: "Ba’zi qahramonliklar faqat gladiatorlargagina xos!"

Suratlarda rimliklar "Kamp Nou"dagi 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z uylarida "Barsa"ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan Chempionlar ligasi o‘yini lavhalari aks etgan. O‘shanda Manolas javob o‘yinidagi gollardan biriga mualliflik qilgan va "Roma" musobaqaning o‘sha paytdagi eski qoidalariga ko‘ra yarim finalga yo‘l olgan edi.

Kiritildi: 19:51, 26.02.2026.
O'qildi: 810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик