Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Slot: "Hozir aytadigan gapim odamlarga g‘alati tuyulishi mumkin"

Slot: "Hozir aytadigan gapim odamlarga g‘alati tuyulishi mumkin"

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot zich himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.

"Hozir aytadigan gapim odamlarga g‘alati tuyulishi mumkin. Ammo siz o‘z jarima maydonchasida o‘n kishi bo‘lib chuqur himoyalanadigan blokka qarshi o‘ynayotganingizda, aslida qaysi sxemada harakat qilayotganingizning ahamiyati yo‘q. 4-4-2, 5-4-1 yoki 5-3-2 — buning farqi yo‘q. Faqatgina qarshi hujumlarni o‘tkazib yubormaslikka e’tibor qaratish lozim", — deya Slotning so‘zlarini Viaplay nashriga tayanib The Touchline keltirmoqda.

"Liverpul" ayni damda Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi pog‘onani egallab turibdi. Shanba kuni, 28 fevral kuni mersisaydliklarning raqibi "Vest Xem" bo‘ladi.

Kiritildi: 20:03, 26.02.2026.
O'qildi: 1003 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик