Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Prestianni Vinisiusni haqorat qilganini jamoadoshlari oldida tan oldi

Prestianni Vinisiusni haqorat qilganini jamoadoshlari oldida tan oldi

Baho:
+ | -

«Benfika» hujumkor yarim himoyachisi Djanluka Prestianni «Real» forvardi Vinisius Juniorni irqiy kamsitganini jamoadoshlari oldida tan oldi.

«Correio da Manhã» nashriga ma’lum bo‘lishicha, Prestianni jamoadoshlari bilan suhbatda Vinisiusga nisbatan «maymun» so‘zini ishlatganini tan olgan. Shu bilan birga, futbolchi o‘zining irqchi emasligini ta’kidlash uchun bir nechta vajlarni keltirib o‘tgan.

UEFA hozircha ushbu vaziyat bo‘yicha tergovni yakunlamagan. Biroq kamsitish fakti dastlabki tarzda aniqlangani sababli, Prestianni vaqtinchalik bitta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, «Benfika» Chempionlar ligasining pley-off bosqichida «Real»ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (uyda 0:1, safarda 1:2) imkoniyatni boy berib, musobaqadan chiqib ketdi.

Kiritildi: 23:23, 26.02.2026.
O'qildi: 1789 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик