Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

«Benfika» himoyachisi Vinisiusning futbolkasini olmadi

«Benfika» himoyachisi Vinisiusning futbolkasini olmadi

Baho:
+ | -

«Benfika» himoyachisi Sidni Kabral «Real» vingeri Vinisius Junior bilan futbolka almashish fikridan qaytdi.

Madrid jamoasi pley-offning ikkala o‘yinida ham g‘alaba qozonib (1:0, 2:1), Portugaliya klubini Chempionlar ligasidan chiqarib yubordi. Madridda bo‘lib o‘tgan javob o‘yinidan so‘ng Kabral Vinisiusdan libos almashishni so‘ragan — braziliyalik futbolchi buni tribuna osti yo‘lagida amalga oshirishni taklif qilgan.

«A Bola» nashrining xabar berishicha, Sidni bu vaziyatni klub rahbariyati bilan muhokama qilmoqchi bo‘lgan, biroq yechinish xonasiga kirgach, bunday almashinuv «jamoa ichida muammolar tug‘dirishi va muhitga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini» tushunib yetgan.

Sidni raqibdan futbolka so‘rash qarori o‘ylamasdan qilinganini tan oldi, biroq u bu ishga bunchalik katta e’tibor qaratilishini kutmagan edi. Yakunda u almashinuvdan voz kechishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yinda Vinisius Djanluka Prestiannini irqchilikda ayblagan edi. Argentinalik futbolchi javob o‘yinidan chetlatilgandi.

Kiritildi: 23:29, 26.02.2026.
O'qildi: 2823 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик