Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Neymar dubldan keyin Braziliya terma jamoasi haqidagi savolga keskin javob qaytardi

Neymar dubldan keyin Braziliya terma jamoasi haqidagi savolga keskin javob qaytardi

Baho:
+ | -

«Santos» hujumchisi Neymar Braziliya Seriya A doirasida «Vasko da Gama»ga qarshi kechgan bahsda (2:1) dubl qayd etdi. Yulduz futbolchi uchrashuvning 25 va 61-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi. O‘yindan so‘ng u jurnalistlarning Braziliya terma jamoasiga qaytish haqidagi savollariga javob berdi.

«O‘tgan haftada ular meni dunyodagi eng yomon futbolchi deb aytishayotgandi. Menimcha, o‘shanda bugungidan ko‘ra yaxshiroq o‘ynagandim, lekin bu safar ikkita gol urdim va bu hamma narsani hal qildi. Futbol shunaqa: bugun sen dunyoda eng yomonisan, jamoada senga joy yo‘q, sen allaqachon «pensiya»dasan, ertaga esa ikkita gol urasan va eng zo‘riga aylanasan. Seni jahon chempionatiga olib borish kerak bo‘ladi, sen — «o‘nlik»san.

Men bugungi kun bilan yashayman, o‘zimni mashg‘ulotlarga bag‘ishlayman va optimal formamni saqlashga harakat qilaman. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman», — deya Neymarning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.

Yaqinda Karlo Anchelotti «Santos» forvardini Braziliya terma jamoasining mart oyidagi o‘yinlariga taklif qilmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 11:21, 27.02.2026.
O'qildi: 1771 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик