Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 0-0 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

«Arsenal» Tonali uchun kurashadimi? Romano transfer shartlarini aytdi

«Arsenal» Tonali uchun kurashadimi? Romano transfer shartlarini aytdi

Baho:
+ | -

Nufuzli insayder Fabrisio Romano «Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonalining kelajagi borasidagi yangi tafsilotlarni ochiqladi.

Jurnalistning ta’kidlashicha, futbolchi katta ehtimol bilan yozda jamoasini o‘zgartiradi. Romano yarim himoyachining «Arsenal»ga transfer qilinish shartlarini ham sanab o‘tdi.

«Sandro Tonalining yozda klubni tark etish ehtimoli juda yuqori. «Arsenal» uchun uni qishki transfer oynasida sotib olishning iloji yo‘q edi. Yozda vaziyat o‘zgarishi mumkin, ammo gap faqat «Arsenal» haqida ketmayapti. Jiddiy raqobat kutilmoqda va ko‘p narsa narxga bog‘liq bo‘ladi — bu transfer aslo oson kechmaydi», — dedi Romano o‘zining YouTube-kanalida.

Joriy mavsumda Sandro Tonali «Nyukasl» safida 42 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda xavbek uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:38, 27.02.2026.
O'qildi: 1103 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик