Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Modrich: «12 ta finalda g‘alaba qozonishimiz kerak»

Modrich: «12 ta finalda g‘alaba qozonishimiz kerak»

Baho:
+ | -

Italiyaning «Milan» klubi so‘nggi vaqtlarda bir qator omadsizliklarga duch keldi. Ayniqsa, o‘z maydonida «Parma»dan qabul qilingan mag‘lubiyat (0:1) juda alamli bo‘ldi, chunki bu natija «rossonerilar»ning A Seriyadagi hayratlanarli 24 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi.

Hozirda jamoaning asosiy yulduzlaridan biri, xorvatiyalik afsonaviy yarim himoyachi Luka Modrich sheriklarini jipslashishga va qolgan 12 ta uchrashuvda bor kuchlarini ishga solishga chaqirdi.

«Albatta, bu biz istagan natija emas edi, lekin endi oldimizda 12 ta final turibdi», — deb yozdi 40 yoshli futbolchi o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.

Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich 2025 yilning yozida «Real Madrid» bilan xayrlashib, erkin agent sifatida «Milan» safiga kelib qo‘shilgan edi. Italiya chempionatining navbatdagi turida «Milan» jamoasi «Kremoneze»ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 13:30, 27.02.2026.
O'qildi: 943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик