Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Fenerbaxche» XXI asrda Angliyada ilk bor g‘alaba qozondi

«Fenerbaxche» XXI asrda Angliyada ilk bor g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi Yevropa ligasi javob uchrashuvi doirasida Angliyaga deyarli umidsiz holatda yo‘l olgan edi, boisi Istanbuldagi ilk bahsda jamoa 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Biroq, aynan shu yirik mag‘lubiyat «Nottingem Forest»ning xotirjamlikka berilishiga va javob o‘yinida eksperimental tarkibni maydonga tushirishiga sabab bo‘lgan ko‘rinadi.

Yakunda «Fenerbaxche» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu turk klubi uchun XXI asrda Angliya zaminida qo‘lga kiritilgan ilk g‘alaba bo‘ldi. Bungacha «Fenerbaxche» oxirgi marta 1996 yilning kuzida Angliya klubini o‘z maydonida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi — o‘shanda stambulliklar Chempionlar ligasi guruh bosqichida kutilmaganda «Manchester Yunayted»dan ustun kelishgan edi.

Garchi ushbu g‘alaba «Fenerbaxche»ga keyingi bosqichga chiqish uchun yetarli bo‘lmasa-da, u tarixiy ahamiyatga ega natija sifatida yilnomalardan joy oldi.

Kiritildi: 13:36, 27.02.2026.
O'qildi: 519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик