Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Anri "Tottenxem" ustidan kuldi

Anri "Tottenxem" ustidan kuldi

Baho:
+ | -

O‘tgan dam olish kunlari Angliya Premyer-ligasida "Tottenxem" va "Arsenal" jamoalari o‘rtasida Shimoliy London derbisi bo‘lib o‘tdi. "Kanonirlar" raqib maydonida 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. "Arsenal"ning sobiq yulduzi Tyerri Anri "shporlar"ning o‘z uyidagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlariga ishora qilib, ularning ustidan hazil qildi.

"Tottenxem" yangi stadionga ko‘chib o‘tganidan beri, u yerda o‘ynash qachon qiyin bo‘lgan? Odamlar bu o‘yinni "Arsenal" uchun qiyin bo‘lishini istashgandi, ammo bilishimcha, "Arsenal" u yerda tez-tez g‘alaba qozonib turadi", — dedi Anri Betway nashriga.

Ta’kidlab o‘tish joizki, hozirda "Tottenxem" Premyer-liga turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi. "Arsenal" esa peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 15:34, 27.02.2026.
O'qildi: 1077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик