Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Kompani: "Borussiya" bilan o‘yinda eng kuchli tarkibni tushiradi"

Kompani: "Borussiya" bilan o‘yinda eng kuchli tarkibni tushiradi"

Baho:
+ | -

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi muhim o‘yin oldidan jamoadagi kadrlar holati haqida fikr bildirdi. Avvalroq myunxenliklar Noyer, Olise, Pavlovich, Ito va Kim Min Je kabi futbolchilarini yo‘qotgan edi.

"Matbuot anjumanidan so‘ng tibbiy shtab bilan yig‘ilish o‘tkazamiz. U yerda o‘yinchilar haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni olaman. Hozircha hammasi yaxshi ko‘rinmoqda. Ehtimol, hamma ham Dortmundning "Borussiya"siga qarshi asosiy tarkibda maydonga tusha olmas. Ammo bizda juda kuchli tarkibni tushirish imkoniyati bor", — dedi Kompani jurnalistlarga.

"Borussiya" va "Bavariya" o‘rtasidagi uchrashuv shanba kuni, 28 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Germaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 15:41, 27.02.2026.
O'qildi: 586 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик