Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Kosta: "Men agentimga "Atletiko"da qolsam, Simeoneni o‘ldirishimni aytdim"

Kosta: "Men agentimga "Atletiko"da qolsam, Simeoneni o‘ldirishimni aytdim"

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Madridning "Atletiko" klubi sobiq futbolchisi Diyego Kosta yulduz darajasiga chiqqunga qadar jamoani qanday tarzda tark etmoqchi bo‘lgani haqida gapirib berdi.

"2012 yilda Cholo [Diyego Simeone] menga asosiy tarkibda joy yo‘qligini aytdi. Men esa muntazam o‘ynashni xohlashimni va shu sababli ketishim kerakligini bildirdim. O‘shanda biz UEFA Superkubogida ["Chelsi"ga qarshi, 4:1 hisobidagi g‘alaba] o‘ynayotgan edik. Oxirgi zaxira imkoniyati qolgandi, men chigal yozdi mashqlarini bajarib, maydonga tushishga tayyorlanayotgandim, biroq Simeone Falkao o‘rniga Emreni tushirdi. O‘shanda murabbiyni o‘ldirib qo‘ygim kelgandi. Agentim Jorje Mendeshga qo‘ng‘iroq qilib, menga tezda yangi klub topishini, aks holda Simeoneni o‘ldirib qo‘yishimni aytdim.

Men jarohatdan tuzalib qaytgandim, mashg‘ulotlarda qatnashardim, lekin u baribir meni o‘ynatmasdi. Bu transfer oynasining oxirgi kuni edi. Agar oyna yana biroz ochiq turganida, men "Atletiko"dan ketgan bo‘lardim", — deya hikoya qilib berdi 37 yoshli hujumchi Mario Suaresga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilda Kosta "Chelsi"ga ko‘chib o‘tgan va to‘rt yildan so‘ng yana ortga qaytgan edi.

Kiritildi: 15:53, 27.02.2026.
O'qildi: 924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик