Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Tudor "Tottenxem"ning asosiy muammolarini sanab o‘tdi

Tudor "Tottenxem"ning asosiy muammolarini sanab o‘tdi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" bosh murabbiyi Igor Tudor jamoa duch kelayotgan qiyinchiliklar va ulardan chiqish yo‘llari haqida mulohaza yuritdi.

"Maydonga tushib, pressing qilish juda yaxshi — uslub haqida gapirganda, bu ham uning bir qismi: to‘psiz bo‘lganda qanday jamoa bo‘lishni istaysan? Ammo agar himoyada haddan tashqari ko‘p muammolar yuzaga kelsa, uslub haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Bu to‘g‘ri uslubmi? Bu to‘g‘ri yo‘lmi?

Shunday ekan, men oqilona ish tutishim, vaziyatni va ochkolarni qanday olishni chuqurroq tushunishim kerak. Hozir uslub haqida o‘ylaydigan vaqt emas. Uslub ikkinchi darajali bo‘lishi kerak, chunki hozir bu hayot-mamot masalasi — agar sport tilida aytadigan bo‘lsak.

Muammo — o‘yinchilar yetishmasligida, ixtiyorimizdagi futbolchilar sonida. Muammo aynan mana shunda. Bu yerda gap nafaqat jismoniy energiya sarfi, balki ruhiy energiya haqida ham ketmoqda. Ligadagi har bir o‘yin biz uchun finalga teng. Bu ideal vaziyat emas, lekin bori shu".

— Ligada qolish uchun sizga "xunuk" bo‘lsa ham g‘alabalar kerakmi?

"Menimcha, ha, biz aynan shu yo‘nalishda ishlayapmiz. Italiyada shunday ibora bor: sizda kichik jamoa mentaliteti bo‘lishi kerak.

Italiyada biz aytamizki, katta jamoalarga qarshi o‘ynaganda har doim motivasiyaga ega bo‘lish — bu muvaffaqiyat kalitidir. Hammasi shundan boshlanadi va biz bu borada ko‘p ishlayapmiz. Ular buni tushunishadi, albatta, tushunishadi".

— Bu sizning faoliyatingizdagi eng qiyin "qutqaruv missiyasi"mi?

"Ehtimol. Agar mavjud qiyinchiliklarni hisobga olsak, katta ehtimol bilan shunday. Bu vaziyatni yengib o‘tish men uchun yanada katta chaqiriq va yanada kuchli motivasiyadir", dedi Tudor.

Kiritildi: 16:49, 27.02.2026.
O'qildi: 541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.