Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Luis Enrike: «Matvey Safonov «PSJ» o‘yin uslubiga ideal darajada mos keladi»

Luis Enrike: «Matvey Safonov «PSJ» o‘yin uslubiga ideal darajada mos keladi»

Baho:
+ | -

Fransiyaning «PSJ» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Safonov — yuqori darajadagi darvozabon, Rossiya terma jamoasi posboni. Unda jahon darajasidagi top-darvozabon bo‘lish uchun barcha jismoniy va texnik ma’lumotlar mavjud. U oyoqlari bilan yaxshi o‘ynaydi va bu bizga yoqadi. U jasur va jismonan juda baquvvat. Bizning jamoamiz raqiblar uchun katta bo‘shliq qoldirgan holda himoyalanadi, bu esa darvozamiz oldida jiddiy xavflarni yuzaga keltiradi. Ammo Safonov bizning o‘yin uslubimizga ideal darajada mos keladi. U asosiy darvozabon bo‘lgan paytida ham, zaxira posboni hisoblangan paytida ham ajoyib o‘yin ko‘rsatdi», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

«PSJ» navbatdagi o‘yinini shanba kuni, 28 fevral kuni safarda «Gavr»ga qarshi o‘tkazadi.

Joriy mavsumda 27 yoshli Matvey Safonov parijliklar safida 11 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol o‘tkazib yubordi va 4 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 17:51, 27.02.2026.
O'qildi: 669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик