Myunxenning «Bavariya» klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich 21 yoshidayoq jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanib ulgurdi. U o‘z muvaffaqiyatli o‘yinlarining sirini oddiy tushuntiradi — ma’lum bo‘lishicha, Pavlovich Krishtianu Ronalduni o‘ziga namuna deb biladi.
«Krishtianu men uchun har jabhada ideal va namunadir. Uning mayda detallargacha bo‘lgan o‘ta sinchkovlik bilan yondashuvi, jismoniy tayyorgarligi, intizomi — bularning barchasi men uchun muvaffaqiyatga erishish yo‘lida o‘zini qanday tayyorlash kerakligi borasida sport mayog‘iga aylandi», — deya Pavlovichning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Pavlovich 2023 yildan beri «Bavariya»ning asosiy tarkibida harakat qilib kelmoqda.













