Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Arteta: "Chelsi" o‘yin davomida yondashuvni o‘zgartirishi mumkin"

Arteta: "Chelsi" o‘yin davomida yondashuvni o‘zgartirishi mumkin"

Baho:
+ | -

Bahorning ilk oqshomida "Arsenal" va "Chelsi" Premyer-liga doirasida to‘qnash kelishadi. "Kanonirlar" oxirgi marta "pensionerlar"ga 2021 yilning avgustida imkoniyatni boy berishgan edi. "Chelsi"ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi 10 ta o‘yinda "Arsenal" 7 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etgan.

Matbuot anjumanida Mikel Artetaga ushbu muvaffaqiyatli seriya haqida savol berildi.

"Hamma gap tayyorgarlikda. U maydonga g‘alabaga bo‘lgan ishonch bilan tushish uchun o‘ziga xos ishonch va to‘g‘ri emosional holat bag‘ishlaydi. Keyin esa shunchaki buni amalga oshirish kerak.

"Chelsi" bizga qarshi o‘yinlarda turlicha harakat qilgan. Ular o‘yin davomida ham yondashuvni o‘zgartira olishadi. Ularda bunga moslasha oladigan murabbiy va futbolchilar bor. Biz tayyor bo‘lamiz va ulardan yaxshiroq bo‘lishga harakat qilamiz. Ikki hafta yoki ikki yil oldin nima bo‘lgani endi muhim emas", — dedi Arteta.

"Arsenal" — "Chelsi" uchrashuvi 1 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

Kiritildi: 21:34, 27.02.2026.
O'qildi: 853 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик