Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Yulduz hujumchi tekinga "Barsa"ga o‘tmoqchi

Yulduz hujumchi tekinga "Barsa"ga o‘tmoqchi

Baho:
+ | -

Hujumchi Dushan Vlaxovichning kelajagi borasidagi vaziyatda keskin o‘zgarishlar kuzatilmayapti. Transfer News Live nashrining TEAMtalk'ga tayanib xabar berishicha, 26 yoshli serbiyalik futbolchi uchun "Barselona"ga o‘tish asosiy maqsad bo‘lib qolmoqda.

Qayd etilishicha, Vlaxovichning "Yuventus" bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralari bir necha bor boshi berk ko‘chaga kirib qolgan bo‘lsa-da, futbolchi va uning agenti klub bilan ijobiy munosabatlarni saqlab qolishgan.

"Barselona" Dushan Vlaxovich bilan kelayotgan yozda, u erkin agentga aylanganidan so‘ng shartnoma imzolashi mumkin.

Dushan Vlaxovich "Yuventus" safida jami 162 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 64 ta gol va 16 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 23:29, 27.02.2026.
O'qildi: 10650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик