Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

APL. So‘nggi o‘rindagi «Vulverxempton» kuchli uchlikdagi «Aston Villa»ni mag‘lub etdi (Videosharh)

APL. So‘nggi o‘rindagi «Vulverxempton» kuchli uchlikdagi «Aston Villa»ni mag‘lub etdi (Videosharh)

Baho:
+ | -

«Vulverxempton» Angliya chempionatining 28-turida «Aston Villa» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv Vulverxempton shahridagi «Molinyu» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda darvozalarga gol urilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida Joao Gomesh hisobni ochdi. O‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda maydonga tushgan himoyachi Rodrigu Gomesh esa oradan 5 daqiqa o‘tib, «bo‘rilar»ning ustunligini mustahkamladi.

Shu tariqa, «Vulverxempton» 3 yanvardan beri APLdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi, biroq jamoa 13 ochko bilan hamon turnir jadvalining eng quyi pog‘onasida bormoqda. «Aston Villa» esa 51 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.

APL. 28-tur

"Vulverxempton" — "Aston Villa" — 2:0

Gollar: Gomes (61), R. Gomesh (90+8).

"Vulverxempton": Joze Sa, S. Bueno, T. Gomesh, Moskera, Andre (A. Gomesh, 89), Gomes, U. Bueno, Chachua, Bellegard (Arokodare, 81), Mane, Armstrong (R. Gomesh, 90+3).

"Aston Villa": Martines, Konsa, Pau Torres, Din (Matsen, 70), Kesh, Duglas Luis (Barkli, 60), Onana, Rodjers, Buendiya (Abraxam, 70), Sancho (Beyli, 60), Uotkins (Alisson, 86).

Ogohlantirishlar: Moskera (45), Armstrong (51), Bellegard (58) — Buendiya (54), Beyli (75), Kesh (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:29, 28.02.2026.
O'qildi: 1267 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик