Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Boks. Aleksandr Usik nima uchun Riko Verxovenni raqib sifatida tanlaganini tushuntirdi

Boks. Aleksandr Usik nima uchun Riko Verxovenni raqib sifatida tanlaganini tushuntirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Og‘ir vazn toifasida WBC, WBA va IBF chempioni Aleksandr Usik (24-0, 15 KO) niderlandiyalik kikbokschi Riko Verxoven bilan jang qilish uchun shartnoma imzolashga nima sabab bo‘lganini gapirib berdi.

"O‘z sportida cho‘qqiga chiqqan insonlarni chin dildan hurmat qilaman. Riko — ana shundaylardan biri, kuchli atlet va buyuk chempion.

Chempion bo‘lish — bu faqat kamarlar haqida emas. Bu yillar davomidagi og‘ir mehnat, intizom va ishonch demakdir. Men uning bosib o‘tgan yo‘lini hurmat qilaman — u kikboksingning haqiqiy qiroli. Ammo bu boks — o‘z qoidalari va o‘z qirollariga ega bo‘lgan boshqa o‘yin.

Men tayyorman va u bilan ringda uchrashishni intiqlik bilan kutyapman. Bu ikkalamiz uchun ham noyob tajriba bo‘ladi va bilamanki, muxlislar ham hayajonda. Buyuk oqshom yaqinlashmoqda", — dedi Usik.

Eslatib o‘tamiz, ushbu to‘qnashuv 23 may kuni Misrning Giza shahrida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:31, 28.02.2026.
O'qildi: 513 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик