Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Boks. Usikning raqibi: "Eng zo‘ri eng zo‘riga qarshi"

Boks. Usikning raqibi: "Eng zo‘ri eng zo‘riga qarshi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Og‘ir vazn toifasida "Glory"ning ko‘p yillik sobiq chempioni, niderlandiyalik Riko Verxoven 39 yoshli mag‘lubiyatsiz bokschi, og‘ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikka qarshi boks qoidalari bo‘yicha o‘tkaziladigan jang e’loniga munosabat bildirdi.

Ularning to‘qnashuvi 23 may kuni Misrning Giza shahridagi piramidalar fonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Jangda og‘ir vazn toifasidagi WBC unvoni tikiladi.

"Men 12 yil davomida kikboksingning og‘ir vaznida mutlaq chempion bo‘ldim va o‘zim xohlagan hamma narsaga erishdim. Ammo cho‘qqida uzoq vaqt qolish mendagi raqobatga bo‘lgan chanqoqni so‘ndirmadi, aksincha, uni yanada kuchaytirdi. Men oson yo‘llarni qidirmadim, shuning uchun boshqa olamdagi eng qiyin chorlovni izlay boshladim. Usik — boks bo‘yicha mutlaq chempion. Aynan shunday chorlovlar meni ruhlantiradi. Absolyut absolyutga qarshi. Eng zo‘ri eng zo‘riga qarshi", — deya Verxovenning so‘zlarini keltiradi The Ring jurnali.

Kiritildi: 11:36, 28.02.2026.
O'qildi: 538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик