Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Anxel di Mariya: «Van Gal mening xatolarimdan boshqa narsani ko‘rmasdi»

Anxel di Mariya: «Van Gal mening xatolarimdan boshqa narsani ko‘rmasdi»

Baho:
+ | -

Argentinalik hujumchi Anxel di Mariya dunyoning eng iqtidorli futbolchilaridan biri sifatida tan olingan bo‘lsa-da, uning qobiliyati hamma vaqt ham munosib baholanmagan. Di Mariyaning eslashicha, unga ayniqsa «Manchester Yunayted»da, o‘zining og‘ir xarakteri bilan tanilgan Lui van Gal qo‘l ostida o‘ynash juda qiyin kechgan.

«Men gol urardim, golli uzatmalar amalga oshirardim, lekin van Gal meni hech qachon maqtamasdi. U faqat mening xatolarimni muhokama qilardi, xolos. Agar o‘yinchi bir martadan ko‘p xato qilsa, u o‘sha uchrashuvni muvaffaqiyatsiz deb hisoblardi. Yakunda bu mening o‘zimga bo‘lgan ishonchimni so‘ndirib qo‘ydi», — deya di Mariyaning so‘zlarini keltiradi «derbyderbyderby.it».

Ma’lumot uchun, Anxel di Mariya hozirda o‘zining qadrdon jamoasi — Argentinaning «Rosario Sentral» klubida to‘p surmoqda. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi esa 2022 yilgi Jahon chempionligi va ketma-ket qo‘lga kiritilgan Amerika Kubogidagi g‘alabalardan so‘ng to‘liq tiklangan bo‘lsa ajab emas.

Kiritildi: 13:03, 28.02.2026.
O'qildi: 1128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик