Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Manchester Yunayted"da fevral oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

"Manchester Yunayted"da fevral oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» jamoasida fevral oyi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchi aniqlandi. Ushbu sovrin hujumchi Benyamin Sheshkoga nasib etdi.

Yakuniga yetayotgan oyda Sheshko «Manchester Yunayted»ning to‘rtta o‘yinida ishtirok etib, o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ydi. Sloveniyalik forvard «Fulxem», «Vest Xem» va «Everton» jamoalari darvozasini ishg‘ol qildi.

Shuni ta’kidlash joizki, Sheshkoning «Vest Xem» darvozasiga kiritgan goli — o‘ng qanotdan uzatilgan to‘pni jarima maydonchasi ichida to‘xtatmasdan aniq yo‘llagan zarbasi — «Manchester Yunayted» muxlislari tomonidan fevral oyining eng chiroyli goli deb topildi. Ushbu gol «qizil iblislar»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan edi.

Bahorning ilk kunida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Kristal Pelas» jamoasini qabul qiladi.

Kiritildi: 17:20, 28.02.2026.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик