Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Xansi Flik "Barselona"dagi 100-o‘yini va oilasining tashrifi haqida to‘xtaldi

Xansi Flik "Barselona"dagi 100-o‘yini va oilasining tashrifi haqida to‘xtaldi

Baho:
+ | -

Shanba kuni Xans-Diter Flik "Barselona" bosh murabbiyi sifatida o‘zining 100-uchrashuvini o‘tkazdi. Kataloniyaliklar o‘z maydonida "Vilyarreal"ni 4:1 hisobida mag‘lub etishdi. O‘yindan so‘ng Flik o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

"Barselona"dagi 100-o‘yinimda g‘alaba qozonganimdan juda xursandman. Men juda ham baxtliman. Bugun mening oilam ham o‘yinni tomosha qilish uchun shu yerga keldi", — dedi Flik o‘yindan keyingi sharhida.

Eslatib o‘tamiz, "Vilyarreal"ga qarshi bahsda Lamin Yamal xet-trik muallifiga aylandi. Hozirda "Barselona" turnir jadvalida "Real"ni to‘rt ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda. Shu bilan birga, madridliklar ushbu turdagi o‘z o‘yinlarini hali o‘tkazishmagan.

"Barselona" navbatdagi uchrashuvini 3 mart kuni Ispaniya Kubogi doirasida "Atletiko"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:34, 28.02.2026.
O'qildi: 908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик