Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

Futbolda “Vinisius qonuni” joriy etiladi — manba

Futbolda “Vinisius qonuni” joriy etiladi — manba

Baho:
+ | -3

FIFA va Xalqaro futbol assosiasiyalari kengashi (IFAB) irqchilikka qarshi kurashish maqsadida o‘yinchi raqibiga murojaat qilganda og‘zini yopib olishini taqiqlovchi “Vinisius qonuni”ni tasdiqlashga kelishib oldi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Bunday qaror qabul qilinishiga UEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi o‘yinda “Benfika” hujumchisi Janluka Prestianni va “Real” vingeri Vinisius Junior o‘rtasida yuz bergan voqea sabab bo‘ldi.

Bugun, 28 fevral kuni bo‘lib o‘tgan FIFA qoidalarini belgilab beruvchi xalqaro organ hisoblangan tashkilotning (IFAB) yillik assambleyasida futbolchilarga raqib bilan gaplashayotganda og‘zini yopish uchun futbolka yoki har qanday boshqa buyumlardan, jumladan, qo‘llardan foydalanishni taqiqlash bo‘yicha qaror qabul qilingan. Ushbu tashabbus 2026 yil yozda AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati boshlanishidan avval rasman ma’qullanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, UEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining “Benfika”ga qarshi dastlabki o‘yinida Vinisius 50-daqiqada gol urgan va shundan so‘ng burchak bayrog‘i yonida raqsga tushib golni nishonlagan edi. Bu Lissabon jamoasi muxlislariga yoqmagan. Hujumchi ushbu nishonlashdan so‘ng sariq kartochka bilan jazolangan.

Keyinchalik Vinisius uchrashuv bosh hakami Fransua Leteksye oldiga yugurib borib, avvalroq to‘qnashuv kelib chiqqan yarim himoyachi Janluka Prestianni tomonni ko‘rsatgan. Shundan so‘ng hakam irqchilik ehtimoli borligini bildiruvchi ishorani ko‘rsatgan.

Keyinchalik UEFA “Real Madrid” vingerini irqiy kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilganlikda gumonlab, argentinalik yarim himoyachini vaqtincha diskvalifikasiya qildi. Vinisius, shuningdek, Madridda kechgan javob bahsida ham gol kiritdi va ushbu xatti-harakatni yana bir bor takrorladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:51, 28.02.2026.
O'qildi: 5921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик