Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Andijon» klubi bosh direktori: «Ilk turdayoq shunday o‘yin ko‘rsatish — katta ishonch bag‘ishlaydi»

«Andijon» klubi bosh direktori: «Ilk turdayoq shunday o‘yin ko‘rsatish — katta ishonch bag‘ishlaydi»

Baho:
+ | -

Yaqinda «Andijon» klubiga yangi bosh direktor etib tayinlangan Ziyodbek Mashrapov uchun ham debyut o‘yin unutilmas bo‘ldi.

«So‘g‘diyona» ustidan 4:0 hisobidagi ishonchli g‘alaba — yangi davrga kuchli start!

Ziyodbek Shuhratovich klub matbuot xizmatiga quyidagi fikrlarni bildirdi.

O‘yin to‘g‘risida

«Avvalo, barcha muxlislarimizni, fan-klubni ushbu ishonchli g‘alaba bilan tabriklayman. 4:0 — bu shunchaki hisob emas, bu jamoamizning mehnati, intizomi va maydondagi xarakteri samarasidir. Har ikki bo‘limda ham tashabbusni qo‘ldan boy bermadik. Ilk turdayoq shunday o‘yin ko‘rsatish — katta ishonch bag‘ishlaydi. Men futbolchilarimizga, murabbiylar shtabiga minnatdorchilik bildiraman».

E’tibor va mas’uliyat xususida

«Andijon klubi viloyatimiz rahbarlari tomonidan doimo e’tibor markazida bo‘lgan jamoa. Yangi rahbar sifatida men bu mas’uliyatni chuqur his qilaman. Har bir g‘alaba — bu faqat maydonda emas, klub ichidagi to‘g‘ri tizim, ishonch va birdamlik natijasi. Biz mavsum davomida barqarorlikni saqlashga harakat qilamiz».

Stadiondagi muhit haqida

«Bobur Arena»dagi muhitni so‘z bilan ta’riflash qiyin. Fan-klub, muxlislarimiz — haqiqiy 12-o‘yinchi. Ularning qo‘llab-quvvatlashi futbolchilarga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi. Shunday muhitda g‘alaba qozonish ikki karra yoqimli».

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:54, 28.02.2026.
O'qildi: 798 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик