Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Eron terma jamoasi JCH-2026'da ishtirok etmasligi mumkin

Eron terma jamoasi JCH-2026'da ishtirok etmasligi mumkin

Baho:
+ | -

Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Taj AQSHning Eronga qarshi harbiy amaliyotidan so‘ng milliy terma jamoa 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok eta olishi dargumon ekanini ma’lum qildi.

«Bugungi voqealar va Qo‘shma Shtatlar tomonidan amalga oshirilgan hujumdan so‘ng, futbol bo‘yicha jahon chempionatidan umid qilishimiz qiyin, biroq bu masala bo‘yicha yakuniy qarorni sport tashkilotlari rahbarlari qabul qilishi kerak», — deya Tajning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Marca».

28 fevral kuni AQSH va Isroil Eronga qarshi harbiy amaliyot boshladi. Tehronni o‘z ichiga olgan eng yirik shaharlar zarbalar ostida qoldi. Eron mintaqadagi bir qator mamlakatlarda joylashgan AQSH harbiy bazalariga javob zarbalarini yo‘lladi. Eron va Isroil havo hududi yopilgan, aviaparvozlar to‘xtatilgan.

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Eron terma jamoasi turnirga saralangan bo‘lib, qur’a natijalariga ko‘ra «G» guruhidan Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya jamoalari bilan joy olgan edi. Eronliklar guruh bosqichining ikkita o‘yinini Los-Anjelesda, bittasini esa Sietlda o‘tkazishi kerak edi. Isroil «JCH-2026» saralashidan o‘ta olmagan.

Kiritildi: 05:58, 01.03.2026.
O'qildi: 2549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик